Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madagaskarda arvoh-ilon topildi
AQSh va Madagaskar olimlari oroldagi sudralib yuruvchilar oilasining yangi turini aniqlashdi. Madagascarophis lolo deb nomlangan ilonning shu paytga qadar aniqlanmaganiga uning tashqi ko‘rinishining o‘ziga xosligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Copeia jurnalida chop etilgan maqolada so‘z yuritilgan.
Ilonni talaba Bernard Randriamaxatantsoa Ankarana milliy bog‘idagi 26 km.lik piyoda sayri chog‘ida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik vaqtida aniqlagan.

Biroq, zoologlar duch kelgan muammo shundan iborat ediki, ular yangi ilonning birgina namunasini ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. Uning tashqi ko‘rinishi ilonni qoyalar manzarasi bilan uyg‘unlashib ketishiga imkon bergani sabab, lolo ("luu luu" deya talaffuz qilinadi) deb nomlandi. U mahalliy tilda — "arvoh" degan ma'noni bildiradi.
Olimlar, yangi ilon turi avval ma'lum bo‘lgan sudralib yuruvchi vakili emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida, uning to‘liq morfologik tasvirini yozib, DNK tahlilini amalga oshirishgan. Shundan so‘ng, sudralib yuruvchilar oilasi yana bir yangi tur bilan boyigani xaqida e'lon qilingan.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
08:02 / 05.04.2025