Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarbayev: Xitoy hamma narsani qoyillatishning uddasidan chiqadi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev qozoq jurnalistlari bilan bo‘lib o‘tgan brifingda G20 sammitidagi gala-konsertdan qanchalik zavq olganini yashirib o‘tirmadi. Bu haqida Kazinform xabar qildi.
"Qozog‘istonliklarga ko‘rsating. Kecha bizga namoyish qilingan konsert - bu juda ajoyib, so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi! Suvdagi "Oqqush ko‘li": suvda oyoq yalang harakatlanib, raqsga tushishdi, favvoralarni qo‘lda yaratishdi. Hammasi suvda suzib ketmoqda: devorlar, orkestr, ijrochilar. Bu bir mo‘'jiza bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, konsertning rejissyori 2008 yilda Pekindagi Olimpiya O‘yinlarini ochgan inson ekan", - dedi davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u xitoylik rejissyorni Qozog‘iston Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan konsertga tayyorgarlik ko‘rish uchun taklif qilish haqida o‘ylab qolganini aytdi.
"Biz qayerda uyushtiramiz? Yesildami? Bizda suvda bo‘lmaydi. Ehtimol, qordadir? (kuladi) Ko‘p narsani ko‘rish mumkin, lekin xitoyliklar buni qoyillatishdi - men bu yerga birinchi marta kelishim emas", - dedi Nazarbayev.
Nursulton Nazarbayev 1 sentabrda XXR raisi Si Tszinpinning taklifi bilan 4-5 sentabr kunlari G20 sammitida ishtirok etish uchun Xitoyning Xanchjou shahriga tashrif buyurdi.
Birinchi sessiyada Qozog‘iston davlat rahbari nutq so‘zladi va global iqtisodiy muammolar yechimini topishda o‘z fikrini bildirdi.
Mavzuga oid
16:02 / 11.05.2025
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
19:25 / 20.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi
09:10 / 20.11.2024