Jahon | 16:49 / 06.09.2016
5542
1 daqiqa o‘qiladi

Advokat: Turkiya prezidentini haqoratlashda ayblanganlarning barchasi ozodlikka chiqarildi

Turkiyada mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqoratlagani uchun qamoqqa tashlangan fuqarolarning barchasi ozodlikka chiqarilgan. Bu haqda mamlakat rahbari advokati Husayn Oydin ma'lum qilgan.

29 iyul kuni Erdo‘g‘anning o‘zi da'volarini qaytarib olishi haqida ma'lum qilgandi. U buni mamlakatdagi harbiy to‘ntarish tufayli o‘zining siyosiy raqobatchilari bilan murosa qilmoqchiligi bilan izohlagandi.

"Menimcha qamoqxonalarda bu ayblov tufayli qamalganlar qolmadi", deya Oydinning so‘zlarini keltirgan Hurriyet nashri.

U Erdo‘g‘anni haqoratlashda ayblangan 10 kishi ozodlikka chiqqanini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rahbari advokatlari 4 mingga yaqin da'volarni qaytarib olishgan, jumladan, muxolifatdagi Xalq-respublikachilar partiyasi yetakchisi Kamol Qilidoro‘g‘li hamda Milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxchaliga qarshi da'volar qaytarib olingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid