Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
D vitamini astma xuruj qilganda yordam beradi
D vitamini astmaga chalingan kishilar uchun juda foydalidir - xalqaro olimlar guruhi ana shunday xulosaga kelishdi. Ular olib borgan tadqiqot Cochrane library saytida yoritildi.
Tadqiqotda 435 nafar astma kasaliga yo‘liqqan bolalar va 658 nafar katta yoshli bemorlar ishtirok etishgan. Barcha ko‘ngillilar haftada 1-2 marta astma xurujidan azob chekishgan, qolgan kunlari esa hech qanday belgilarni sezishmagan. Ulardan bir yil davomida astmani davolovchi dorilardan tashqari D vitaminini ham iste'mol qilish so‘ralgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, D vitaminini kundalik iste'mol qilish astma xurujlarini kamaytiradi, biroq o‘pka faoliyatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Olimlar kelajakda yana ikkita qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazishmoqchi - bolalar bilan alohida va kattalar bilan alohida - ular shu yo‘l bilan D vitaminining xurujlar bilan kurashishda aynan qanday yordam berishini kuzatishni rejalashtirishgan.
Mavzuga oid
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi
13:44 / 18.02.2025
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi
08:43 / 11.02.2025