Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: xitoylik erkak rafiqasi bilan ajrashganiga keskin ruhda noroziligini bildirdi
Xitoyning Xeyluntszyan viloyati fuqarosi mahalliy sud binosi qarshisida o‘zini portlatib yuborgan. The Beijing News nashrining mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda xabar qilishicha, u ajrashish jarayoniga oid ayrim jihatlar borasida rafiqasi bilan kelisha olmagani bois, shunday qarorga kelgan.
Hodisa Tszisi shahrida yuz bergan. Mahalliy tashviqot bo‘limida ma'lum qilishlaricha, Van familiyali erkak, rafiqasi bilan ajrashayotganida tortishib qolgan.
Shundan so‘ng, 5 sentabr kuni ertalab u Didao tuman sudiga kelib, o‘zi bilan olib kelgan, uncha katta bo‘lmagan portlovchi moslamani ishga tushirgan. Oqibatda, Van voqea joyida halok bo‘lgan. Uning xotini va yo‘ldan o‘tayotgan yana bir kishi biroz jarohatlangan.
Hozirda yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025