Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen AQShda dizel mashinalarini sotishni to‘xtatadi
Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi 2017 yildan dizel dvigatelli mashinalarining AQShda sotilishini to‘xtatadi. Bu haqda nemis kompaniyasining Shimoliy Amerikadagi bo‘limi rahbari Xinrix Vebkenga iqtibos keltirgan holda Car and Driver nashri xabar bermoqda.
"Brend dizel mashinalarining salohiyati AQShda tugadi. Biz bunday dvigatelli avtomobillarimiz yanada ommaviylashishini prognoz qilmaymiz", deb aytdi Vebken. U, shuningdek, dizelli modellardan voz kechish faqatgina Volkswagen markasidagi modellarga tegishli bo‘lishi va konserning qolgan brendlari va "dizel mashina hali ham katta ahamiyat kasb etadigan" davlatlarga taalluqli emasligini aytdi.
AQShda Volkswagen’ning 6 ta dizelli modeli sotilardi: Jetta, Golf, Golf Sportwagen, Passat, Beetle va Touareg. "Dizel mojarosi" avj olmasdan oldin bu mashinalar hisobiga kompaniyaning AQShdagi savdosining 20 foizi to‘g‘ri kelardi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025