Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ rahbari 32 yil ichida birinchi marotaba Paralimpiada ochilishida ishtirok eta olmaydi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari ochilishi marosimini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Insidethegamez.biz.
Bax Germaniyaning sobiq prezidenti, 24 avgustda 97 yoshida vafot etgan Valter Sheyelga bag‘ishlangan motam marosimida ishtirok etishi kerak.
Baxning o‘rniga Braziliyadagi Paralimpiada ochilishida XOQning rasmiy vakili, janubiy afrikalik Sem Ramsami ishtirok etadi.
Bunday holat, ya'ni XOQ prezidenti Paralimpiada ochilishi marosimida ishtirok eta olmasligi 32 yil ichida birinchi marotaba yuz bermoqda. O‘yinlar bugun, 7 sentabrda ochiladi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025