Jamiyat | 22:32 / 07.09.2016
17798
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki britaniyalik sayyoh Malayziya reysidagi yagona yo‘lovchiga aylandi

Ikki britaniyalik sayyoh Firefly malayziya aviakompaniyasining yagona yo‘lovchisiga aylandi. Kerri Fisher (Carrie Fisher) va uning sevgilisi Kayl Maknikol (Kyle McNicol) Tailanddan uchishdi. Fisher samolyot ichida olingan videoni Instagram sahifasiga joylashtirdi.

Daily Mail xabar qilishicha, sayohatchilar Tailandning Krabi viloyatidan Malayziyaning Pinang oroliga uchishgan. «Men hayron bo‘ldim va asabiylasha boshladim», — deydi Fisher. Qizning qayd etishicha, bu holat har ikki aeroport va migratsiya xizmati xodimlarini ajablantirgan.


 

Mavzuga oid