Jahon | 23:24 / 07.09.2016
11065
1 daqiqa o‘qiladi

Obama AQSh federal sudyasi lavozimiga musulmon nomzodni taklif qildi

AQSh prezidenti Barak Obama federal sudya lavozimiga birinchi marta AQSh fuqarosi bo‘lgan musulmonning nomzodini taklif qildi, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Huquqshunos Obid Riyoz Qurayshiy Vashingtonda yashaydi va Oq uy tomonidan Kolumbiya okrugi federal sudida ishlash uchun nomzodi bildirildi. 

"Men janob Qurayshiyni AQSh federal sudida ishlash uchun taklif qilishdan xursandman. U amerika xalqiga halol va qonunga amal qilgan holda xizmat qilishiga ishonchim komil", deb aytdi Obama.

Qurayshiy Latham & Watkins LLP huquqshunoslik firmasida ishlaydi. 1997 yilda Garvard universitetining Huquq maktabini bitirgan. Endi uning nomzodi ma'qullanib, tasdiqlanishi lozim.

 

Mavzuga oid