Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning o‘g‘li Rossiyada tahsil oladi
Suriyada maktablarni a'lo baholarda tugatgan o‘quvchilarning Rossiyadagi oliygohlarga byudjyet asosida qabul qilinishi davom etadi. Bu haqda Suriya prezidentining rafiqasi Asma Asad yuqori sinflarning bitiruv kechasida ma'lum qilgan.
A'lochilar orasida Suriya prezidentining o‘g‘li Hafiz Bashar al-Asad ham bor. U Malayziyadagi olimpiadada matematika fanidan bronza medal olgan.
Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Asad xonim 2005 yilda Suriya delegatsiyasining Moskvaga tashrifi vaqtida Rossiyadagi iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bilan tanishgani haqida aytib o‘tgan.
"Biz shunday ishlar bilan shug‘ullanadigan markazda bo‘lgandik. Rossiyalik hamkorlarimizga bu dastur uchun minnatdorchilik bildiramiz", degan u.
Asma Asad suriyalik bitiruvchilar Rossiyaga yo‘l olish orqali Suriyada fan va bilimga e'tibor qay darajada ekanini butun dunyoga ko‘rsatib berishlari haqida qayd etib o‘tgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025