Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlariga murojaat faqat elektron imzo bilan qabul qilinadi
12 sentabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga murojaat qilishda elektron raqamli imzo (ERI)dan majburiy foydalanish talabi joriy etilmoqda. Bu haqda portalda xabar qilindi.
Jismoniy shaxslarning ERI olish jarayonini soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining «Elektron raqamli imzoni olish uchun ariza yuborish» yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Jismoniy shaxslar arizani yuborganidan va ERI uchun to‘lovni amalga oshirganidan boshlab 5 kun ichida arizaning ko‘rib chiqilganligi bo‘yicha xabarnomani qabul qilib oladi. Ijobiy natija olinganida, jismoniy shaxslar pasportining asl nusxasi va USB flesh-kartasi bilan yaqin oradagi tuman davlat soliq inspeksiyasiga soat 9:00 dan 18:00 gacha dushanbadan jumagacha ERI sertifikati va kalitini olib ketish uchun tashrif buyurishlari lozim.
ERI kalitini olish uchun to‘lov (CLICK va U-PAY tizimlari orqali ham qabul qilinadi) ariza taqdim etilgandan uch kun davomida amalga oshirilishi shart. To‘lov miqdori u amalga oshiriladigan kunga muvofiq eng kam ish haqining 10 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
12:34 / 09.06.2022
Haydarov hibsdaligi paytida 26ta hujjatni hokimlik xodimi imzolagani ma’lum bo‘ldi
21:57 / 20.04.2022
Davlat xizmatlaridan foydalanishda telefon raqami orqali shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi
13:07 / 08.04.2021
Davlat organlari tomonidan 270ta texnika xarid qilinadi. Bunga qariyb 2 trln so‘m yo‘naltiriladi
13:18 / 27.03.2021