Sport | 12:34 / 08.09.2016
9229
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga prezidenti Angliya va Ispaniya chempionatlarini taqqosladi

La Liga prezidenti Xaver Tebas xitoylik muxlislar Manchester derbisidan ko‘ra Ispaniya primerasining oddiy o‘yinini ko‘rishni afzal bilishi haqida aytib o‘tdi.

«Xitoyda «Selta» – «Atletiko» o‘yinini, «MYu» va «Man Siti» jamoalari o‘rtasidagi derbi bahsidan ko‘ra kattaroq qiziqish bilan kutishmoqda, chunki Ispaniyadagi o‘yinlar ochiqroq kechadi.

Dekabrdagi klasiko? O‘yin vaqtini 13.00ga ko‘chirish kerakmi? Menimcha bu o‘yin soat 18.15ga qo‘yilgani xato emas.

Iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak «Real» va «Barselona» reytingning yuqori qismida ekanini ko‘ramiz», – degan Tebas Cadena Cope efirida.

10 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00ga «Selta» – «Atletiko» bahsi belgilangan. Xuddi shu vaqtdan yarim soat o‘tib Angliyada «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» jamoalari ishtirokidagi derbi bahsi boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid