Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London o‘t o‘chiruvchilari uchun 52 ta BMW i3 elektrokari xarid qilindi
London o‘t o‘chirish boshqarmasi xizmat maqsadlari uchun BMW i3 rusumidagi 52 ta elektrokar xarid qildi. Mashinalar maxsus uskunalar bilan jihozlanmagan, ular o‘t o‘chiruvchilar tomonidan chaqiruv joyiga borish uchun ishlatiladi.
BMW i3 avtomobillari Vauxhall Astra dizel xetchbeklari o‘rniga sotib olindi. Elektrokarlar yorug‘likni qaytaruvchi mayoqlar bilan jihozlandi va London o‘t o‘chiruvchilarining an'anaviy qizil-sariq ranglariga bo‘yaldi.
BMW i3 London o‘t o‘chiruvchilariga 5 yil davomida xizmat qiladi. O‘t o‘chirish boshqarmasida 2020 yilda uning xizmat mashinalari parkida ekologik toza mashinalar ulushi kamida 5 foizni tashkil qilishiga umid qilinmoqda.
2016 yil iyunda Los-Anjyeles politsiyasi departamenti BMW bilan 100 ta i3 elektrokar xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 100 ta mashinadan iborat birinchi partiya politsiyachilarga 2017 yil bahorida jo‘natiladi. Politsiya departamenti keyingi 5 yil ichida yana 500 ta elektrokar buyurtma qilishni mo‘ljallagan.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025