Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Boltiqbo‘yi va Polshada NATO batalonlari joylashtirilishi sababini ma'lum qildi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans batalonlarining Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada joylashtirilishi Rossiyaning harbiy intilishlari bilan bog‘liq, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"NATOning 4 ta batalonining Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada joylashtirilishiga sabab shuki, biz Rossiyaning harbiy intilishlari, uning o‘z kuchini qo‘shnilariga nisbatan qo‘llash istagini ko‘rdik", deb aytdi Stoltenberg Tbilisidagi xalqaro anjumanda.
U bu fikrini Gruziyaga nisbatan ham aytdi va uni nima uchun NATO a'zosi bo‘lishni istayotganini tushungani aytdi.
"Sen bir kichkina davlat bo‘lsangu, sen bilan shunday katta davlat chegaradosh bo‘lsa, xavfsizlik uchun asos kerak va sen alyansning jamoaviy xavfsizligi a'zosi bo‘lishni istaysan", deb ta'kidlab o‘tdi Stoltenberg.
Stoltenberg NATO Gruziyaning bosib olingan hududlarining mustaqilligini hech qachon tan olmasligini aytdi.
NATO davlatlari yetakchilari 8 iyulda Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada 4 ta batalon yaratishga kelishib olgandilar. Bunda mintaqaning har bir davlatiga dastlab faqat bir davlat: Latviyaga Kanada, Litvaga Germaniya, Estoniyaga Buyuk Britaniya, Polshaga AQSh qo‘shinlari yuboriladi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
21:39 / 28.04.2025