Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtobus ko‘prikdan qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Kamida 21 kishi Hindistonda, Orissa shtati hududidagi ko‘prikdan avtobus jarga qulashi oqibatida halok bo‘lgan. Shuningdek, 29 kishi hodisa oqibatida jarohatlangan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:00da, Angul okrugi hududida ro‘y bergan. Ichida 50 kishi bo‘lgan avtobus ko‘prikdan 20 m pastlikka qulagan. 14 kishi voqea joyida, yana 7 kishi shifoxonaga olib borilgach halok bo‘lgan.
Bu avtobus Baudxdan Atxmalikka qatnovni amalga oshirayotgandi. Dastlabki ma'lumotlarda aytilishicha, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mazkur fojiali yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan.
Qayd etish kerakki, me'yoridan ortiq darajada yo‘lovchi minishi oqibatida Hindistonda tez-tez yo‘l transport hodisalari ro‘y berib turadi. Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har kuni avariyalar oqibatida mamlakatda o‘rtacha 400 kishi halok bo‘ladi. O‘tgan yilda YTHlar oqibatida Hindistonda 150 mingga yaqin kishi qurbon bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:28 / 22.05.2025