Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Shimoliy Koreya yadroviy qurilmaning eng yirik sinovini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin
Xalqaro tadqiqotlar Kaliforniya instituti mutaxassisi Jyeffri Lyuisning aytishicha, seysmologik xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya quvvati 20 kilotonnadan 30 kilotonnagacha bo‘lgan yadroviy qurilmani sinagan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Bu Shimoliy Koreya o‘tkazgan eng yirik yadroviy sinov bo‘lishi mumkin, 20-30 kilotonna, undan kam emas", deb aytdi Lyuis.
Avvalroq AQSh geologik xizmati Shimoliy Koreyada Pangiri yadroviy poligoni hududida zilzila emas, balki portlash yuz bergan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya xavfsizlik bo‘yicha milliy qo‘mitaning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish niyatidaligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025