Sport | 10:57 / 09.09.2016
6227
1 daqiqa o‘qiladi

Serena Uilyams 186 haftalik yetakchilikdan so‘ng WTA reytingining 1-pog‘onasini tark etadi

Amerikalik tennischi Serena Uilyams 186 haftalik yetakchilikdan so‘ng Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingining 1-pog‘onasini tark etadi. Bu haqida WTA matbuot xizmati xabar berdi. 

Reytingning yangilangan versiyasi kelasi haftada chop etiladi. Birinchi o‘rinni nemis tennischisi Angelika Kerber egallaydi.  

Serena US Open turnirining final bosqichiga chiqa olmadi, u yarim finalda Chexiya vakilasi Karolina Plishkovaga 2:6, 6:7 (5:7) hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

O‘z navbatida, Kerber US Open finaliga chiqish uchun Daniya vakilasi Karolin Voznyatski bilan uchrashadi. 

US Open 11 sentabr kuni poyoniga yetadi. Mazkur turnir 136-marta o‘tkazilmoqda .

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid