Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida «Diqqat, bolalar!» tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekistondagi barcha o‘quv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan o‘quv yilining birinchi o‘n kunligida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida «Diqqat, bolalar!» tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi.
Har yil an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarga yo‘l harakati qoidalari, haydovchi va piyodalarning majburiyatlari, xavfsizlik shartlari batafsil tushuntirilmoqda. Yo‘l-transport hodisalarining oqibatlari va ularning oldini olishga doir ma'lumotlar berib borilmoqda.
Profilaktika tadbirlari davomida har bir o‘quv muassasasiga yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirilib, piyodalarga, ayniqsa, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini bilishi zarurligi uqtirilmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi 162-umumta'lim maktabida bo‘lgan tadbirda ham soha xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga ko‘rgazmali qurollar asosida yo‘l harakati qoidalari, piyodalarning majburiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025