Tuz Rossiyaning oziq-ovqat embargosi ta'siriga tushib qoldi
Rossiya hukumati oziq-ovqat embargosi doirasida tuzni mamlakatga olib kirilishi taqiqlangan mahsulotlar qatoriga kiritdi. 13 sentabr kuni huquqiy axborot rasmiy internet-portalida shu haqidagi farmon chop etildi. U 2016 yilning 1 noyabridan kuchga kiradi.
Importi taqiqlangan mahsulotlar qatoriga tuz, sof natriy xlorid, shuningdek dengiz suvi kiritildi.
1 iyulda Yevropa Ittifoqi 2017 yilning 31 dekabriga qadar Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarini uzaytirdi. Shu kuniyoq Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev kontrsanksiyalarning 2017 yilning 31 dekabrigacha uzaytirilishi haqidagi qarorni imzoladi.
Bir qator mamlakatlar, shu jumladan AQSh va Yevoittifoqqa a'zo davlatlar 2014 yilda Rossiyaga nisbatan cheklovchi chora-tadbirlar qo‘llashdi. Ular buni Qrimning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi, keyin esa - Ukrainaning janubi-sharqidagi mojarolar bilan bog‘lashdi. Bunga javob tariqasida Moskva o‘sha mamlakatlardan mahsulotlar olib kirilishiga embargo kiritdi.
Qrim 2014 yilning martida o‘tkazilgan referendumda mintaqa aholisining aksariyati qo‘llab-quvvatlashi natijasida Rossiya tarkibiga kiritilgan. Kiyev referendum natijalarini tan olishdan bosh tortdi. Moskva mintaqaning qo‘shilish jarayoni xalqaro huquq normalariga to‘g‘ri kelishini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024