Jahon | 23:07 / 14.09.2016
15425
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh telekanali Xillari Klintonni "o‘ldiga" chiqarib qo‘ydi

Nyu-Yorkdagi ABC7 telekompaniyasi jurnalisti yanglishib, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘lganini e'lon qildi. Bu holat tasvirlangan video Mediaite.com portalida chop etildi. 

"Biz shoshilinch xabarlarni Xillari Klintonning vafoti bilan boshlaymiz", deb aytdi teleboshlovchi Jo Torres. So‘ngra Torres hamkasbi bilan Klintonning salomatligini muhokama qilishga tushib ketadi.

Boshlovchining so‘zlari bilan birga Klintonning Nyu-Yorkdagi tadbirda tobi qochib, mashina o‘tkazilayotgani tasvirlangan video ketadi. Videoda yordamchilari tomonidan ushlab turilgan Klinton chayqalib, yiqilib tushgani ham aks etgan. 

Klinton shtabi uning tirikligini ma'lum qilib, keyingi haftada Ukraina prezidenti    Pyotr Poroshenko bilan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida uchrashishini aytdi.

Mavzuga oid