Buyuk Britaniya parlamenti sobiq bosh vazirni javobgarlikka tortish niyatida
Buyuk Britaniya parlamenti Umumpalatasi tashqi ishlar komissiyasi Liviyada Muammar Qozzofiy tuzumiga qarshi harbiy amaliyotlar bo‘yicha hisobotini e'lon qildi. Unda, hukumatning sobiq rahbari Devid Kemeron razvedkaning noaniq ma'lumotlaridan foydalanganlikda ayblangan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Fransiya va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari, 2011 yilda Liviya muxolifatiga mamlakatning o‘sha paytdagi rahbari Muammar Qozzofiy hukumatini ag‘darish va yakunda uni shafqatsizlarcha o‘ldirish bilan yakun topgan isyoniga yordam bergan xalqaro koalitsiyaga yetakchilik qilgan edi. Harbiy amaliyotning natijasi o‘laroq, mamlakat amalda barbod bo‘lib, parchalandi, Liviyada IShID jangarilari o‘rnashib oldi. Yevropaga kelayotgan qochqinlar oqimi ortib, Yevropada kontrabanda ko‘paydi, deyiladi hisobotda.
Komissiya xulosasiga ko‘ra, Devid Kemeron harbiy aralashuv to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda hal qiluvchi o‘rin tutgani bois, Liviyadagi siyosiy inqirozning kuchayishi uchun javobgardir.
Mavzuga oid
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
12:33 / 06.11.2024