Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi dronlar bilan buyurtmalarni yetkazib bera boshladi
Google kompaniyasi Chipotle Mexican Grill restoranlari tarmog‘i bilan Virjiniya Politexnika universiteti talabalariga dronlar vositasida burrito yetkazib berishni sinovdan o‘tkaza boshladi.
Kompaniya mazkur loyihani amalga oshirish uchun AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasidan ruxsat olgan. Ilk sinovlar 12 sentabr kuni o‘tkazilgan. Xabarlarga ko‘ra, buyurtmalarni yetkazish uchun Project Wing dronlaridan foydalanish rejalashtirilgan.
Sinov parvozi Virjiniya shtati Bleksberg shahrida yopiq tarzda amalga oshirilgan. Google vakili Jaklin Millerning ma'lum qilishicha, hozircha kompaniya loyihani batafsil oshkor qilmaydi.
The Roanoke Times jurnalistlari sinov parvozlarini kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Dron 3 metrgacha balandlikdan arqon vositasida burrito solingan paketni yerga tushirgan. Shundan so‘ng, kompaniya xodimi arqonni kesib, yukni kuzatuv hududiga olib ketgan.
Bu jarayon 30 daqiqalik tanaffus bilan 10 marta takrorlangan. Politexnika universiteti talabalari ham sinovlarning bevosita guvohi bo‘lishgan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025