Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xillari Klinton qiyofadoshi uning o‘rnini egallaganini rad etdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton 11 sentabr terakti qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan namoyishda hushini yo‘qotgandi. Biroq 2 soat o‘tar-o‘tmas u omma oldida yana paydo bo‘lib, o‘zini ajoyib his qilayotganini aytgan.
Biroq shundan keyin ko‘pchilik amerikaliklarda ularni "laqqa tushirayotganlari" hissi paydo bo‘ldi. Bunga esa Klinton hushini yo‘qotgandan keyin yana omma oldida paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, Klintonnning o‘rniga unga bir tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshi ko‘rinish bergan. Bu masala AQSh OAVda keng muhokama qilinmoqda. Shu asnoda uzoq 1993 yilda Klinton AQShning birinchi xonimi bo‘lganda uning eng yaxshi qiyofadoshi bo‘lgan Tereza Barnvell haqida eslab o‘tildi. Aynan shu unvon Barnvellga 20 yil avval o‘zining reklama sohasidagi ishini tashlab, professional qiyofadosh bo‘lishga undagandi. Gumonlarcha, keyin paydo bo‘lgan "Klinton"ning suratidagi burun Barnvellga tegishli.

Bu orada Barnvell o‘zining bu voqealarga aloqadorligini inkor qilmoqda. U o‘zining tvitterida o‘sha kuni Los-Anjyelesda komedik shouni suratga olishda bo‘lganini ta'kidlamoqda.


Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
09:48 / 14.12.2021
Xitoyda Ilon Maskka “bir tomchidek” o‘xshash erkak topildi
22:12 / 02.01.2020
Xillari Klinton Britaniyadagi Kvins universiteti rektori bo‘ldi
20:19 / 19.11.2019