Jahon | 15:14 / 14.09.2016
10099
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Moskvadagi yong‘in qurbonlariga tovon puli so‘ramoqda

Qirg‘iziston muhojirlik bo‘yicha davlat xizmati raisi Baktibek Adilov, Moskva shahridagi tipografiyada chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan qurbonlarning oila a'zolariga 1 mln rubldan tovon puli to‘lashni talab qilmoqda. Tipografiya xo‘jayini esa, har bir qirg‘iz fuqarosi uchun 300 ming rubldan taklif etmoqda, deb xabar qilayapti “Sputnik Kirgiziya” agentligi.

"Qirg‘iziston, Moskvadagi yong‘inda halok bo‘lgan respublika fuqarolarining oilalariga 1 mln rubldan to‘lash fikrini ilgari surmoqda", — deyiladi xabarda. 

Adilov shuningdek, tipografiya egasining advokati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tganidan xabardor qilgan. 

"U 300 ming rubldan taklif qildi, biroq biz bir milliondan talab qilayapmiz. Bu masala hal bo‘ladi", — degan Adilov.

Bundan tashqari, davlat xizmati raisi tipografiyada ishlagan 55 nafar qirg‘izistonlikka maosh to‘lash masalasi ijobiy hal etilganini bildirgan. Ularning bir qismi ishga joylashtirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid