Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov fondi yuz ming suriyalikka yordam beradi
Suriyaning 100 mingga yaqin fuqarosi Ahmad hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondidan gumanitar yordam sifatida go‘sht mahsulotlari oladi. Bu haqda, Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi Ramzon Qodirov Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.
«Jamg‘arma vitse-prezidenti Ziyod Sabsabiyning ma'lum qilishicha, 3 kun ichida Damashq va uning atrofi, Latakiya, Tartus va Halabda, shuningdek, Livandagi qochoqlar lageridagi 100 mingga yaqin kishiga go‘sht tarqatiladi. Shu maqsadda, 2,5 ming qo‘y, 100ta buqa va 10ta tuya xarid qilindi», — deb aniqlik kiritgan Qodirov.
Uning qayd etishicha, 500 nafardan ortiq ko‘ngilli jamg‘arma yordamini yetkazishda ko‘maklashmoqda. Hozircha, mazkur jamg‘arma Halab shahriga insonparvarlik yordami yetkazgan yagona tashkilot bo‘lib turibdi.
AQSh va Rossiya davlatlari kelishgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi Suriya bo‘ylab 12 sentabrdan kuchga kirgan edi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
09:03 / 22.05.2025