Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi Parij avtosaloniga gibrid krossoverining namunasini keltiradi
Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobilsozlik kompaniyasi GT-PHEV kontsept karini namoyish etdi. U, «yangi avlod gibrid krossoveri ko‘rinishi xususida tasavvur uyg‘otadi». Prototipning rasmiy taqdimoti sentabr oyida Parij avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
Uning o‘ziga xos jihatlari kuzov yonlarining bo‘rtma shakli, old yoritqich chiroqlarining vertikal bloklari hamda katta disklardir. Mitsubishi kompaniyasida qayd etishlaricha, yangi model dizayni yapon mashinasining firma uslubi evolyutsiyasini aks ettiruvchi Dynamic Shield yo‘nalishida ishlangan.

Mitsubishi GT-PHEV modeliga o‘rnatiladigan gibrid agregati xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanishi mumkin. Uning tarkibiga 3ta elektr motor, bitta ichki yonuv dvigateli va akkumulyatorlar to‘plami kiradi. Motorlarning ot kuchiga oydinlik kiritilmagan. Yo‘ltanlamas, shuningdek, barcha g‘ildiraklarga yetakchilik xususiyatini beruvchi Super All Wheel Control (S-AWC) tizimi bilan jihozlanadi.
Krossover elektr quvvati bilan 120 kmgacha masofani ortda qoldira oladi, aralash tartibda 1200 kmni bosib o‘tishi mumkin.


Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
10:51 / 24.03.2025