Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar termasi 39, qizlar jamoasi esa 22-o‘rinni egalladi
Ozarboyjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilgan 42-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi yakunlandi.
O‘zbekiston qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida 22-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar 11ta uchrashuvdan 6 tasida zafar quchishga erishdi. 2ta bellashuv durang bilan o‘z yakuniga yetdi, 3ta terma jamoa esa o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlardan ustun keldi.
Chempionlik xitoyliklar jamoasiga nasib qildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Polsha va Ukraina vakillari tomonidan band etildi.
Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 39-o‘rinda yakunladi.
11 turdan 6tasida g‘alaba, 1tasida durang va 4tasida mag‘lubiyat qayd etilgan.
Har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Shaxmat Olimpiadasida chempionlik AQSh vakillariga nasib qilgan.
Manba: «Olamsport»