Sport | 12:11 / 14.09.2016
6238
1 daqiqa o‘qiladi

Vinus Uilyams o‘zining doping qabul qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Amerikalik tennischi Vinus Uilyams o‘zi va singlisi  Serena WADA tomonidan taqiqlangan moddalar qabul qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Men o‘z tibbiy ma'lumotlarim xakerlar tomonidan oshkor qilib yuborilgani haqida bilganimda juda xafa bo‘ldim. Men hamisha tartiblarga rioya qilganman. Bu xususan, «davolanish maqsadida qo‘llanadigan preparatlar»ga ham taalluqli», degan u.

«Xakerlar e'lon qilgan hisobot mustaqil shifokorlarning anonim guruhi tomonidan tibbiy maqsadlarda foydalanish tavsiya qilingan vositalar keltirilgan. Men hamisha omma e'tiboridagi sportchi bo‘lib kelganman va WADA, USADA, ITF hamda Tennis Anti-Doping Program me'yorlariga amal qilib kelganman», — deya Vinusning so‘zlarini keltirgan WTA Insider.

Bundan oldinroq, WADA aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganini tasdiqlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid