Akayev: AQShning Qirg‘izistondagi aviabazasi orqali afg‘on geroini tashilgan bo‘lishi mumkin
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevning fikricha, g‘arb jurnalistlarining "Manas" Amerika aviabazasi orqali Afg‘onistondan geroin olib ketilgani xususida bildirgan ehtimollari haqiqatga yaqinroq. AQShning Lotin Amerikasida shunday yo‘l tutgani buning isboti bo‘la oladi, degan Akayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
"Bu baza o‘zining dastlabki maqsadlariga xizmat qilgan— xalqaro koalitsiyaning Afg‘onistondagi amaliyotlari uchun zarur yuklar va harbiy xizmatchilarni tashishda yordam bergan. Biroq, ular orqaga qaytganda nimani olib ketganini bilmaymiz. Balkim geroin olib ketishgandir — Xudo biladi. Ortga qaytishda har narsa bo‘lgani ehtimol. ... G‘arb jurnalistlari hatto geroin haqida yozishgandi", — degan Akayev.
Uning fikricha, baza rahbariyati amaliyotlardan boxabar bo‘lgan, albatta. Akayevning aytishicha, bu haqdagi xabarlar oz bo‘lsa-da, haqiqatga yaqin. Chunki, bir paytlar AQSh Lotin Amerikasidagi harbiy amaliyotlarida shunday yo‘l tutgan.
"Xabaringiz bor, AQSh o‘z mintaqasida ham xarajatlarini shu usul bilan qoplashga harakat qilgan. Bu hammaga ma'lum. Ularning Lotin Amerikasidagi amaliyotlari masalan… ular ketgan xarajatlarni giyohvand moddalar bilan qoplagan. Shunday ekan, Afg‘onistonda bu chora qo‘llanmaganini kim rad eta oladi? Buning ustiga eng yuqori sifatli geroin bo‘lsa", —deya fikrlari bilan o‘rtoqlashgan Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15 / 19.11.2024