Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yaylovlarni kengaytirish uchun 45 ming yovvoyi ot qirib tashlanadi
AQSh hukumati yirik qoramollar boqiluvchi ferma va yaylovlarni kengaytirish maqsadida 45 ming yovvoyi otni o‘ldirishga qaror qildi. Bu haqida 14 sentabr kuni The Independent xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hududida jami 50 mingdan kamroq yovvoyi ot mavjud, shu bois ularning 45 mingini qirib tashlash jonivorlar populyatsiyasiga tuzatib bo‘lmas ziyon yetkazadi.
Yovvoyi otlarni qirish soliq to‘lovchilar hisobidan amalga oshiriladi. Jonivorlarning qachon va qanday o‘ldirilishiga aniqlik kiritilmagan.
Jonivorlar himoyachilari hukumat qaroriga qarshi chiqishmoqda. Ular Change.org.da shu muvzuda petitsiya joylashtirishdi, u 71 ming nafardan ortiq kishi tomonidan imzolandi.
20 yil davomida jonivorlar himoyachilari muntazam ravishda yovvoyi otlar sonining ko‘payishini - tug‘ilishni nazorat qilish yo‘li orqali boshqarishni taklif qilib kelishgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025