Jamiyat | 19:10 / 15.09.2016
16015
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olimlar semizlik genini topishdi

Amerikaning Beylor tibbiyot kolleji va Virjiniya Politexnika universiteti olimlari sichqonlarning miya hujayrasida semizlikka sabab bo‘luvchi genni aniqlashdi. Mazkur genni o‘chirib qo‘yish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotchilarning shu mavzudagi maqolasi Cell Reports jurnalida chop etildi

Yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan parhez miya faolligini o‘zgartiradi, buning natijasida organizmning semizlikka moyilligi ortadi. Biroq buning qay tariqa sodir bo‘lishi noma'lum edi. 

Olimlar organizmning turli joylarida, shu jumladan sichqonlarning bosh miyasidagi Rap1genining faolligini o‘rganib chiqishdi. Rap1xotira shakllanishi va ta'lim olish jarayonida ishtirok etadi, biroq tadqiqotchilarni uning energetik muvozanatni ta'minlashdagi roli qiziqtirardi. Bir guruhda ular gipotalamus – miya sohasidagi neyronlar guruhidagi genning faolligini bloklab qo‘yishdi, u organizmning gormonal va asab tizimilari faoliyatini nazorat qiladi. Shundan so‘ng kemiruvchilarni yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan yeguliklar bilan boqishgan. 

Rap1 geni “o‘chirilgan” sichqonlar nazorat guruhidagi kemiruvchilarga qaraganda kamroq vazn to‘plashgan. Olimlar genetik jihatdan “o‘zgartirilgan” kemiruvchilar kam oziqlangani, ularning organizmi esa to‘plangan yog‘ni parchalab tashlashini aniqlashdi. Gipotalamus ochlik hissini kamaytiruvchi ROMS gormonini katta miqdorda, ishtahani ochuvchi NPY va AGRP gormonlarini esa – kam miqdorda ishlab chiqargan.

Tadqiqot natijalari olimlarga semizlikni davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda yordam beradi. 

Mavzuga oid