Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya parlamenti fuqarolarning tana a'zolari donori sifatida tan olinishlari qonun loyihasini ma'qulladi
Niderlandiya parlamenti vakillar palatasi 13 sentabrda qirol tomonidan ma'qullangan taqdirda mamlakat fuqarolarining o‘limlaridan keyin tana a'zolari donorlari qiladigan qonun hujjatlariga ovoz berdi. Bu haqda DutchNews ma'lum qildi.
Qonun loyihasi parlament tomonidan ma'qullandi. Agar uni senat qo‘llab-quvvatlasa, so‘ngra uni qirol imzolasa, mamlakatning barcha fuqarolari avtomatik ravishda donor deb hisoblanadi. Agar kimdir biror sababga ko‘ra donor bo‘lishni istamasa, uning nomi maxsus ro‘yxatga kiritiladi.
Qonun loyihasiga 150 deputatdan 75 kishi ovoz berdi, 74 kishi qarshi chiqdi, bir kishi majlisga kelmadi.
Qonun loyihasi tashabbuschilari yangi qonun tana a'zolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ularni ko‘proq olishga yordam berishiga umid qilmoqdalar. Ularning aytishicha, mamlakatda har yili o‘z vaqtida a'zolar ko‘chirib o‘tkazilganda yashab ketishi mumkin bo‘lgan 150 ga yaqin odam vafot etadi.
2012 yilda Ekvadorda ham shunga o‘xshash qonun qabul qilingan. Mamlakatning 18 yoshdan katta barcha fuqarolari o‘limlaridan so‘ng avtomatik raqishda donorga aylanadilar. Ekvadorda ham donorlik qilishni istamaydiganlar ro‘yxati mavjud, bundan tashqari, fuqarolik pasporti rasmiylashtirilayotganda fuqaro donorlikdan voz kechishni istashi-yo‘qligi surishtiriladi.
Shunday qonun shuningdek 2013 yilda Urugvayda qabul qilingan.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025