Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor xatosi tufayli hayotdan ko‘z yumgan havayilikning oilasiga 4,2 million dollar to‘lanadi
Amerikaning Havayi shtati shifokorlar xatosi tufayli (narkoz dozasining oshirilib yuborilishi natijasida) hayotdan ko‘z yumgan kishining oilasiga 4,2 million dollar miqdorida tovon puli to‘laydi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
32 yoshli Antonio Marrero 2013 yilda shtatdagi shifoxonlardan biriga tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilib borgan. Uni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor bemorda angina kasalligini taxmin qilgan, biroq bunga to‘liq ishonch hosil qilish uchun bemorni mahalliy narkoz ta'sirida tekshirishga qaror qilgan. Sedativ preparat yuborilgandan keyin bemor hushidan ketib, hayotdan ko‘z yumgan.
Antonioning oila a'zolari Amerika hukumatini sudga berdi. Oila a'zolarining fikricha, bemorni davolashga kirishgan shifokor anesteziolog bo‘lmagan, shunday ekan, uning narkoz yuborishga haqqi ham yo‘q.
Natijada da'vo arizasini sudgacha hal qilishga erishildi. Mahalliy hukumat yuqorida qayd etilgan summadagi tovon pulini to‘lashga va'da berdi, o‘z navbatida, marhumning oila a'zolari da'vo arizasini qaytarib olishdi.
Mavzuga oid
16:02 / 04.04.2025
Xonanda Anvar G‘aniyev mualliflik huquqini buzgani ma’lum bo‘ldi
08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda
08:11 / 14.12.2024