Dunyo bo‘ylab iPhone 7 qurilmasining sotuvlari boshlandi
AQSh va boshqa bir necha mamlakatlarda Apple'ning yangi smartfoni sotuvlari boshlandi. iPhone 7 va iPhone Plus'ning boshlang‘ich narxlari 649 va 769 dollarni tashkil etmoqda.
Yangi qurilma taqdimoti 7 sentabr kuni San-Frantsiskoda bo‘lib o‘tdi. Qurilma tashqi ko‘rinish jihatidan avvalgilaridan katta farq qilmaydi, biroq Apple qurilmasiga yangi - Jet Black (tim qora) rangi qo‘shilgan. Texnologik jihatdan esa odatiy quloqchinlar ulanadigan joyning yo‘qligi diqqatni tortadi. Smartfonlar yangi zamonaviy protsessorlar va ixcham akkumulyatorlarga ega.
AQShda iPhone 7 sotuvi 9 sentabrdanoq yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, ba'zi modifikatsiyalar boshlang‘ich bosqichning o‘zidayoq tamom bo‘lgan. Yangi rangda ishlab chiqarilgan iPhone 7 Plus va iPhone 7 do‘konlarga yetkazilgunga qadar sotilib bo‘lingan. Biroq shunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda katta, deb bo‘lmaydi. Muammo ularning boshqalarga qaraganda kamroq ishlab chiqarilganida ham bo‘lishi mumkin.
Apple kompaniyasining yangi qurilmalari sotuviga start berilishi bilanoq, uni xarid qilish niyatida navbat poylaydiganlar doim juda ko‘pchilikni tashkil qiladi, ba'zilar hattoki bir necha kunlab navbat poylashadi.
Apple kompaniyasi Jet Black rangidagi iPhone 7 Plus va iPhone 7 qurilmalarini do‘konlarda bo‘lmasligidan payshanba kuniyoq ogohlantirgani haqida Mashable portali ma'lum qilgan. Bu ko‘pchilikning kayfiyatini tushirib yubordi, zero odamlar aynan yangi rangdagi qurilmani xarid qilish uchun boshqa mamlakatlardan tashrif buyurib, bir necha kunlab navbat poylashgan.
Do‘kon xodimlari yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘ragan holda, aynan shu modelni so‘rab kelganlarga Apple Store'ning sovg‘a kartasini taklif qilishgan.
Mavzuga oid
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
22:30 / 02.11.2024