Fan-texnika | 07:34 / 16.09.2016
4842
1 daqiqa o‘qiladi

Fiat Chrysler butun dunyo bo‘ylab 1,9 mln mashinasini qaytarib olishini ma'lum qildi

Italiya-AQSh konserni Fiat Chrysler butun dunyo bo‘ylab 1,9 mln mashinasini qaytarib olishini ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, kompaniya ba'zi avariyalarda xavfsizlik yostiqchasi va xavfsizlik kamari tortgichi ishlamay qolishi mumkin bo‘lgan nuqson sababli shunday qilishga majbur bo‘lmoqda.

Kontsern 2010-2014 yillarda ishlab chiqarilgan Chrysler Sebring, Chrysler Cirrus, Chrysler 200, Dodge Caliber, Dodge Avenger, Lancia Flavia, Jeep Patriot va Jeep Compass modellarini qaytarib olmoqda.

Fiat mashinalarning qaytarib olinishi boshlanishi sanasini ma'lum qilmadi. 

 

Mavzuga oid