Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfondan boshqariluvchi sun'iy oshqozon osti bezi yaratildi
Kembrij universiteti mutaxassislari smartfondan boshqariluvchi sun'iy oshqozon osti bezini ishlab chiqishdi. Qurilma insulinli qatorlaridan foydalanuvchi insonlar hayotini jiddiy yengillashtiradi. Bu haqida ZDnet ma'lum qildi.
An'anaviy insulin qatorlari glyukoza miqdorini nazorat qila olmaydi. Bemor buni mustaqil amalga oshirishi, keyin esa insulin dozasini hisoblashi kerak. Yangi qurilma yordamida esa gormon to‘xtovsiz yetkazib beriladi.
Yangi qurilma smartfon ilovasi orqali nazorat qilinadi, u to‘liq avtomatlashtirilgan.
Sun'iy oshqozon osti bezi - bu komponentlar faoliyatini sinxronlovchi Android boshqaruvi ostidagi insulin qurilma, GSM-glyukometr va smartfon. Bunda qand darajasini nazorat qilish real vaqt rejimida amalga oshiriladi va qurilma yetkazib beruvchi insulin miqdori o‘zgaradi. Qurilmani qo‘l bilan to‘g‘irlashga hojat bo‘lmaydi.
Sog‘lom organizmdagi insulin miqdori har soniyada o‘zgaradi - nazoratning tabiiy algoritmlari ishlaydi. Inson gormonning kerakli miqdorini aniqlay olmaydi - jismonan ulgurmaydi. Buning natijasida organizmning ahvoli yomonlashadi.
Glyukoza miqdorini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish, kerakli miqdorni hisoblash va qurilma orqali insulin yetkazib berish diabetga chalingan kishilar uchun ayni muddaodir. Boz ustiga tizim kecha-yu kunduz ishlaydi, an'anaviy usullar esa - faqatgina bemor uyg‘oq paytida. Shuni inobatga olish kerakki, tunda organizmga kerakli insulin miqdori o‘rtacha 30-300 foizni tashkil qiladi.
Bundan avval ham avtomatlashtirilgan qurilmalar ishlab chiqilgan, biroq ular bunday aniqlikda ishlamagan va narxi ham qimmat bo‘lgan.
Mavzuga oid
03:06 / 26.03.2025
Olimlar saraton va diabetni davolashda gen terapiyasining asosiy to‘sig‘ini bartaraf etdi
15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
14:42 / 05.12.2024