Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tamaki mahsulotlaridan voz kechish umrni 5 yilga uzaytiradi
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Ijtimoiy salomatlik va kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Oleg Salagayning ma'lum qilishicha, tamaki mahsulotlarini chekuvchi inson bu zararli odatini tashlasa, bu uning umrini kamida 2,5 yilga uzaytiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 5 yilni tashkil qiladi. Bu haqida "Ekonomika segodnya" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, spirtli ichimliklar iste'moli, tamaki mahsulotlarini chekish va semizlik bilan bog‘liq kasalliklar butun dunyo aholisining 70 foiz o‘limiga sabab bo‘ladi. Shuningdek statistikaga ko‘ra, tamaki va chekish Yer yuzidagi 20 foiz katta yoshli aholining hayotini xazon qiladi. Ularning deyarli yarmi 70 yoshga yetmay, hayotdan ko‘z yumadi.
Mavzuga oid
09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi
18:44 / 02.04.2025
Belgiya do‘konlarida tamaki mahsulotlarini ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish taqiqlandi
15:12 / 04.01.2025
Chekishni tashlashga yordam beradigan ilova ishlab chiqildi
00:32 / 31.12.2024