Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Nyu-Jyersi shtatida marafon o‘tkazilish joyi yaqinida portlovchi qurilma portladi
AQShning Nyu-Jyersi shtatidagi Sisayd-Park shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan xayriya marafoni o‘tkazilish joyi yaqinida qo‘lbola portlovchi qurilma portladi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, temir quvur bo‘laklari va portlagichdan yig‘ilgan portlovchi qurilma marafon o‘tishi kerak bo‘lgan trassa yaqinidagi chiqindi bakiga yashirilgan bo‘lgan. Qurilma mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da ishga tushgan. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan, yaqin oradagi inshootlarga moddiy zarar yetkazilmagan.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, portlash joyi yaqinida shubhali o‘ram aniqlangan, uni sapyorlar jamoasi ko‘zdan chiqarib bo‘lgan. Ehtiyot chorasi sifatida yaqin atrofdagi uylar evakuatsiya qilindi.
Marafon shu sababli bekor qilingan. Unda 5 mingga yaqin kishi ishtirok etishi kerak edi. Voqeadan keyin politsiya voqea joyi va yaqin atrofdagi ko‘chalarni o‘rab tashlagan. Voqeani tergov qilishgan Federal qidiruvlar byurosi ham qo‘shilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi
12:58 / 21.01.2025