Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Formula-1"ning sobiq poygachisi Paralimpiadada ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi
"Formula-1"ning sobiq poygachisi Alessandro Dzanardi Riodagi Paralimpiadada ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Dzanardi 17 sentabrda qo‘l velosipedlari poygasida Italiya terma jamoasi tarkibida birinchi bo‘ldi. Uning jamoasi 22 km lik masofada o‘zini taqib qilayotganlarni 47 soniya ortda qoldirdi.
Bungacha italiyalik individual poygalarda oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgandi. Dzanardi Londondagi o‘yinlarda ham shunday ko‘rsatkichga erishgandi va endilida uning hisobida 4 ta oltin va ikkita kumush medal bo‘ldi.
Dzanardi "Formula-1"ning turli jamoalari sobiq poygachisi hisoblanadi. U poygada 1990-yillarda ishtirok etgan, ikki marta CART seriyasi chempioni bo‘lgan. 2001 yilda CART seriyasi poygalaridan birida italiyalikning bolidiga boshqa poygachi bolidi kelib urilgan va uning bolidini ikkiga bo‘lib tashlagan. Buning oqibatida italiyalikning ikkala oyog‘ini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
17:53 / 12.09.2024