Light | 22:02 / 17.09.2016
26316
5 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Zamonaviy JARda hayratga soluvchi tengsizlik

Irqiy tengsizlik va doimiy kamsitish Janubiy Afrika Respublikasida deyarli 50 yil davomida hukmron bo‘lgan. 90-yillarning boshida vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, aparteid allaqachon ichki tuzilmaga kirib borgan. Yo‘llar, daryolar va dalalar turli irqdagi kishilar yashagan joylar orasidagi hududlarni ajratib turgan. 2016 yilda suratkash Jonni Miller qush parvozidan "aparteid me'morchiligi"ni suratlarda muhrlashga qaror qildi. Hududiy ajratish mahalliy hukumatga qora tanli aholining ta'lim olishi, yuqori malaka talab qiluvchi joylarda ishlashi, shahar resurslariga egalik qilishni cheklashiga olib keldi. Buning natijasida esa moddiy ta'minotlar haddan tashqari adolatsiz taqsimlandi. Millerning dron yordamida olingan suratlari bu tafovutni aniq ko‘rsatib bergan. Keyptaun - ajoyib shahar. "U juda ko‘rkam", - deya ta'kidlaydi Miller. - "Bu birinchi va uchinchi dunyoning aralashmasi".

Mamlakatning qora tanli aholisi yuz yillar davomida fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan. Irqchilik 1948 yildan boshlab aparteid qonunlari bilan muhofaza qilingan. 

Aparteid kelib chiqishi turlicha bo‘lgan oq tanli bo‘lmagan kishilarga "qora" va "rangli", deb nom bergan. "Qoralar" - Sharqiy Kap provinsiyasidan kelib chiqqan kos tilida so‘zlashuvchi kishilar. "Ranglilar" - Indoneziya va Madagaskar qullaridan kelib chiqqan yoki mahalliy koysan xalqi vakillari. 

Aparteid endi qonun hisoblanmaydi, biroq u paytlardan 50 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ko‘plab qora tanli kishilar shahar tashqarisidagi qurg‘oq joylarda yashaydi. 

Badavlat kishilar esa shahar markaziga yaqin Atlantika sohilidagi ko‘rkam maskanlarni egallashgan.

"Shunisi qiziqki, ba'zan juda qashshoq jamiyatlar qandaydir sabab bilan boy hududlar o‘rtasida joylashgan", - deydi Miller. 

Miller shu hududlarni suratga tushirishga qaror qildi. Bir sayt yordamida u ma'lumotlarni interaktiv xaritaga jamladi va kishilarni irqi, daromadi va ona tiliga qarab tasnifladi. 

U Google Maps bo‘yicha DJI Inspire One dronini qo‘ndirish uchun xavfsiz hududlarni aniqlab oldi. JAR qonunlari dronlarni uchirishni taqiqlamaydi, tijorat maqsadida uchirilgan dronlar bundan mustasno. 

Natijalar tasavvurni hayratga soladi. "JARdagi tafovut haqida bilardim, lekin balandlikdan olingan suratlarni qo‘lga olgunga qadar ularni bu darajada farq qiladi, deb o‘ylamagandim".

Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq hattoki uylarning rangida ham sezilib turadi. 

Ushbu ikki tuman o‘rtasidagi golf maydoni tasvirda sezilarli darajada ajralib turibdi.

Faqatgina aerofotos'yemka yordamida boylar yashaydigan joylar va kulbalardagi aholi zichligi o‘rtasidagi tafovutni muhrlashning uddasidan chiqildi. 

Millerning sevimli suratlaridan birida qachonlardir Nelson Mandela yashagan Iskandariya shahri atrofi va  yirik markaz Sendton o‘rtasidagi farq aks ettirilgan. 

Bu suratlarni dunyo bo‘ylab yuz minglab kishilar tomosha qilishdi va natija kutishga majbur qilmadi. 

"Insonlar bilmagan narsalari, boshqa tilda so‘zlashuvchi, tanasi boshqa rangda bo‘lgan odamlar va begona madaniyatdan qo‘rqishadi", - deb ta'kidlaydi Miller. - "Bu qo‘rquvning sababi tushunarli va tarixiy voqealarga asoslangan bo‘lsa-da, bu vaziyatni o‘zgartirish zarur".

Endilikda Miller ma'lumotlarni raqamlab tarqatuvchi Code For Africa ijtimoiy tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda, shu yo‘l bilan u jurnalistika sohasida yuqori texnologiyalardan foydalanishni targ‘ib qilmoqda. 

Shuningdek u dronsevarlar jamiyatini tashkil qilishni maqsad qilgan. 

 

Mavzuga oid