Jahon | 00:05 / 18.09.2016
4270
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda tibbiy vertolyot falokatga uchradi

AQShning Minnesota shtatidagi Aleksandriya shahri yaqinida tibbiy vertolyot falokatga uchradi. Vertolyot ekipajining 3 a'zosi og‘ir ahvolda qolmoqda, deb xabar bermoqda Grand Forks Herald mahalliy nashri.

Falokat 17 sentabrga o‘tar kechasi Aleksandriya aeroporti yaqinida yuz bergan. Jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilganlar, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra ular o‘zlari ishlaydigan North Memorial Health Care tibbiyot markaziga yetkazilganlar. 

Tibbiyot markazi xodimlarining aytishicha, vertolyotda bemorlar bo‘lmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid