Jahon | 10:32 / 18.09.2016
11287
1 daqiqa o‘qiladi

Samanta Pauer: “Rossiya TIV AQSh IShIDni himoya qilyapti degan gapidan uyalishi kerak”

AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauerning aytishicha, Rossiya TIV “AQSh IShIDni himoya qilyapti” degan so‘zlari uchun “uyalishi kerak”. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Oq uy IShID jangarilarini himoya qilayotgani borasida xulosaga kelayotgani haqida gapirib o‘tgan edi.

«Rossiya vakilining aytishicha, biz IShIDni himoya qilayotgan emishmiz. Rostanmi? Bu terrorchi guruhi amerikalik fuqarolarning boshini tanidan judo qildi. Biz ana shu guruhni yo‘q qilish uchun 67 ta davlatdan iborat koalitsiyani boshqaryapmiz», — dedi Pauer.

Mavzuga oid