Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada quyosh batareyalari o‘rnatiladigan mashinalar seriyali ishlab chiqariladi
Avstraliyaning Clenergy Team Arrow kompaniyasi quyosh batareyasidan quvvat oluvchi poyga prototipini ishlab chiqdi. Firma rahbariyati bu mashinaning seriyali rusumini konveyerga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Model Arrow STF deb nomlangan. Uning ilk namoyishi 8-15 oktabr kunlari Avstraliyada tashkil etiladigan 3000 kilometrlik World Solar Challenge marafonida bo‘lib o‘tadi. Unda, faqatgina quyosh batareyasidan quvvatlanuvchi mashinalargina qatnasha oladi.
Arrow STF modeliga ikkita elektr dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, ularning ot kuchiga oydinlik kiritilmagan. Motorlar harakatlanish uchun quvvatni quyosh batareyalari energiyasini to‘plovchi litiy-ion akkumulyatoridan oladi. Avtomobilga o‘rnatilgan quyosh elementlari maydoni 5 metr kvadratni tashkil etadi.
Arrow STF mashinasi shahar sharoitida ming kilometrdan ortiqroq masofani bosib o‘ta oladi. Magistral yo‘llardagi tezlikda harakatlansa, 300-400 km masofani ortda qoldiradi. Zarurat bo‘lganda, xo‘jalik elektr tarmog‘idan ham quvvatlanishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, STF modelining aerodinamik samaradorligi, hozirda mavjud avtomobillarnikidan yuqoridir.
Hozircha, Arrow STF seriyali tarzda ishlab chiqarilishi noma'lum bo‘lsa-da, Clenergy Team Arrow kompaniyasida ma'lum qilishlaricha, ular model uchun bir necha buyurtma qabul qilishgan. Bundan tashqari, kompaniya saytida onlayn buyurtma berish imkoni ham mavjud.
ABC.net.au xabar berishicha, bu mashinaning bir nusxasi 250 ming dollar atrofida bo‘ladi. Biroq, avtomobilga sovutgich o‘rnatilishi dargumon.
Mavzuga oid
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024
Energetika vazirligi quvvatlash stansiyalarini tarmoqdan uzish bo‘yicha topshiriq bermaganini ma’lum qildi
19:34 / 17.12.2024
Energetikada yangi cheklov. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqda
11:10 / 15.12.2024