Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barbi qo‘g‘irchog‘i bolalar ruhiyatiga ta'siri tufayli ekspertizadan o‘tmasligi mumkin
Bolalar mahsulotlari sanoat korxonalari assotsiatsiyasi (BMSA) "O‘yinchoqlar xavfsizligi haqida"gi texnik qoidalarga to‘g‘irlash kiritmoqchi. Unga ko‘ra, Barbi qo‘g‘irchog‘i Rossiyada o‘yinchoqlar ekspertizasidan o‘ta olmaydi. Bu haqida RT ma'lum qildi.
Assotsiatsiya to‘g‘irlash kiritish loyihasida bolalarning axloqiy-hissiy holatiga ta'sir qiluvchi xavf mezonlari yetarlicha to‘liq ko‘rsatib berilmagan, deb hisoblaydi. Xususan, ko‘pmillatli Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi bolalarning diniy, milliy va boshqa xususiyatlari inobatga olinmagan. BMSA Yevropa standartlari bo‘yicha kiyintirilgan va musulmon dunyosi qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan ochiq kiyimlardagi Barbini bunga misol sifatida keltiradi.
Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi texnik qoidalarga o‘yinchoqlarning ruhiy-pedagogik tekshiruv me'yorini kiritish taklifi bilan chiqdi. Shu tariqa Barbi qo‘g‘irchoqlari bolalar o‘yinchoqlari mahsulotlari sotuvida taqiqlanishi kerak. Shuningdek zo‘ravonlik bilan bog‘liq o‘yin syujyetlarini targ‘ib qiluvchi o‘yinchoqlar ham taqiqlanishi ta'kidlangan. Bundan tashqari insonlarning jismoniy kamchiliklari yoki irqchilikka ishora qiluvchi o‘yinchoqlar ham qat'iy taqiq ostiga tushadi.
Hozirda to‘g‘irlash kiritish loyihasi 30 noyabrga qadar davom etadigan ommaviy muhokama jarayonidan o‘tmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 17.07.2023
Eron hukumati axloq politsiyasi qayta ish boshlaganini e’lon qildi
10:24 / 12.01.2023
Ta’qib etganlik uchun ham himoya orderi berilishi mumkinligi belgilanyapti
21:27 / 24.12.2022
Rossiyada «Amina» musulmon qo‘g‘irchog‘i savdoga chiqarildi
08:44 / 26.07.2022