Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada xavfsizlik hududini barpo etish masalasini ko‘tarish niyatida
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada xavfsizlik hududini barpo etish masalasini muhokama etmoqchi.
«Men AQShda xavfsizlik hududi masalasini ko‘taraman. Biz 5 ming kvadrat kilometrli hudud maydonini muhokama etishimiz mumkin. Shuningdek, Suriya shimolida o‘tkazilayotgan «Frot qalqoni» harbiy amaliyotining qochqinlar masalasini hal etishdagi ijobiy o‘rnini ta'kidlayman. Hozirda biz janub tomon harakatlanayapmiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Erdo‘g‘anning qayd etishicha, odamlar Suriyaning IShID nazorati ostida bo‘lgan qator shaharlari, birinchi navbatda Jarablusdagi uylariga qaytmoqda.
«Xavfsizlik hududini kengaytirish bilan uyiga qaytayotgan qochqinlar soni ham ortadi», — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
U, shuningdek, Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimolidagi harbiy harakatlarini davom ettirishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025