Light | 14:22 / 19.09.2016
7669
5 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning BVG  kompaniyasi tanqidga hazilomuz javob qaytarish yo‘lini o‘ylab topdi

Berlin Erkin instituti talabasi Bogdan Miftaxov Platfor.ma nashri uchun shahardagi jamoatchilik transportiga ixtisoslashgan eng yirik Berliner Verkehrsbetriebe (BVG) kompaniyasining reklama kampaniyalari haqida maqola yozdi.  BVG ijtimoiy tarmoqlarda o‘z loyihasini yo‘lga qo‘yganidan keyin dastlab foydalanuvchilardan salbiy fikrlar oldi, so‘ng shikoyatlarni mag‘lub qilib, virus roligini ishlab chiqdi - u 7 million marta ko‘rilgan. vc.ru reklama roligi muallifi ruxsati bilan shunga doir materialni chop etgan. 

1940-yillar oxirida Berlin xaroba ahvolda bo‘lgan. Keyin uni 4 sektorga bo‘lishgan, so‘ng devor paydo bo‘lgan va faqatgina 1990 yildan boshlab shahar bugungi kundagi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Berlindagi tungi hayot, san'at, madaniyat, startaplar ko‘p yodga olinadi. Shahar o‘zining transport infratuzilmasi bilan ham qiziqish uyg‘otishini esa hamma ham bilmaydi. Bu yerda gap kommunikatsiya haqida boradi. 

Berlindagi deyarli barcha jamoat transporti uchun Berliner Verkehrsbetriebe kompaniyasi javob beradi. 

2015 yilda BVG #weilwirdichlieben («chunki biz seni sevamiz») xeshtegi bilan onlayn-kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu aksiya yordamida BVG Berlin aholisi va mehmonlarining jamoat transporti bilan bog‘liq ijobiy hissiyotlarini kuzatmoqchi bo‘ldi. Biroq hammasi ham o‘ylanganidek silliq ketmadi.  Internetda muntazam kechikayotgan metro, avtobuslarning qo‘pol muomalali haydovchilari va o‘nlab boshqa muammolar ustidan shikoyatlar to‘lib ketdi. Birinchi oyda #weilwirdichlieben kampaniyasi 16 mingdan ortiq tvit yig‘di - ularning aksariyati arzlardan iborat edi. 

Kampaniyada eng muhimi - BVG'ning aholi bilan ularning tilida muloqotga kirishgani bo‘lgan. #weilwirdichlieben aksiyasining birinchi qismida BVG tanqidga u qadar e'tibor qilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi qismida u xatolarini tan olib, o‘zining ustidan kula boshlashdi. Quyida kompaniya xodimlarining mijozlar bilan suhbati diqqatingizga havola etiladi: 

"Ole: "BVG'ning  iPhone'ga mo‘ljallangan ilovasi shu qadar rasvoki, hattoki 5 yoshli bola ham buni biladi".
BVG: "Ilova 3 yoshli bola tomonidan ishlab chiqilgan va u bundan faxrlanadi".

"DerGiga: "Kech qoldim, hammasiga avtobusingizning faqat jadvaldagina mavjudligi sababdir..."
BVG: "Kechirasiz!".
DerGiga: "Albatta. BVG abbreviaturasi endilikda umumiy uzr so‘rash sifatida qabul qilinadi". 
BVG: "Shkafingizdagi notanish kim? - BVG!"

"Matthias Oomen: "Avtomatga tashlagan 18ta tangadan 12tasi qaytib chiqdi. #weilwirdichlieben'ning yangi rekordi!"
BVG: "Kechirasiz, ammo rekord natija Martsan tumanida yashovchi P. Ernaga tegishli - 15ta tangadan 13tasi qaytgan Mana bu haqiqiy rekord natija!"

Shu tariqa jiddiy transport kompaniyasi mijozlari bilan hazil muloqotni yo‘lga qo‘ydi. Shundan keyin esa Is mir egal ("menga baribir") virus roligi paydo bo‘ldi. Unda qo‘shiqchi Kozim Akboga BVG xodimi rolida namoyon bo‘ladi va qo‘shiq davomida "Is mir egal" deb takrorlayveradi. U o‘zini hamma narsaga - baland musiqa sadosi, akula kiyimidagi itlar, soqolli ayollar va hattoki metrodagi robotga beparvo tutadi - asosiysi, chipta to‘lansa bo‘lgani. Rolikning mazmuni shundan iboratki, kompaniya odamlarni qanday bo‘lsa, shundayligicha sevadi va bu jihat Berlinga xosdir. Ushbu video 7 million marta ko‘rilgan. 

Bugungi kunda kompaniyaning deyarli har bir nashri yoki posteriga mukofot berish mumkin. Har qanday biznes ham reklamada bunday mavzularga murojaat qila olmaydi, ayniqsa, shahar tuzilmasida. Biroq aynan shu jihati orqali BVG Berlin va uning aholisi bilan bir to‘lqinda xizmat ko‘rsatmoqda. 

Mavzuga oid