Fan-texnika | 16:16 / 20.09.2016
25510
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Chevrolet Bolt elektromobilining narxi e'lon qilindi

Yangi Chevrolet Bolt EV joriy yilning boshida CES iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasida taqdim etilgan edi. Biroq, ishlab chiqaruvchi kompaniya elektromobilining qiymati endi ma'lum qildi. Shunday qilib, elektromobilning tavsiya qilingan narxi 37 495 dollarni tashkil etmoqda. 

Bundan tashqari, xaridorlar 7 500 dollar miqdoridagi federal soliqni to‘lamaslik ko‘rinishida chegirmaga ega bo‘lishlari ham mumkin. Shu bilan elektromobil narxi o‘z-o‘zidan 29 995 dollarga tushadi. 

Kanadada yangi mashina 42 795 kanada dollariga baholangan. Bunga qo‘shimcha ravishda 1 600 dollar yetkazib berish uchun to‘lanadi. Davlat dasturi doirasida model uchun chegirma 11 361 dollarni tashkil etishi mumkin. Shu bilan kanadalik xaridorga u 31 434 kanada dollariga aylanadi. 

Shunday qilib, bir marta quvvatlanish bilan 383 kmgacha yura oladigan Chevrolet Bolt EV, Shimoliy Amerikadagi uzoq masofaga yura oladigan elektromobillar orasidagi eng arzonlaridan biri bo‘ladi. 

Uning eng arzon Chevrolet Bolt LT to‘plami 37 495 dollar bo‘lgani holda, o‘rnatiladigan standart jihozlari talaygina: orqani ko‘rsatuvchi kamera, 10,2 dyuymli sensorli ekran, o‘zi yelimlanadigan Michelin shinalari va boshqalar.

Boltga 200 ot kuchiga ega elektr motor o‘rnatiladi. Xetchbek 7 soniyada «yuz»ga chiqa olishi aytilmoqda. Uning eng yuqori tezligi soatiga 146 kmni tashkil etadi. Avtomobil oddiy xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanuvchi litiy-ion akkumulyatorlar bloki bilan jihozlanadi. 

Mavzuga oid