DNS qayta sozlanishi tufayli Shimoliy Koreyaning barcha 28 saytiga dunyo bo‘ylab kirish imkoni paydo bo‘ldi
Uber dasturining xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Metyu Brayan KXDR taxminan DNS xalqaro transfer zonasini yanglishib yoqib yuborganini aniqladi. Bu haqida TJ xabar qilmoqda.
Yuqori darajadagi domen zonasida saytlarning DNS-serverlarini ko‘chirib yuborish tufayli .kp butun dunyo bo‘ylab ishlay boshladi. Shimoliy Koreyaning tasarrufida mazkur zonada bor-yo‘g‘i 28 portallar mavjud ekan.
Brayan Shimoliy Koreya DNS sozlamalaridagi o‘zgarishni yordamchi TLDR loyihasi orqali sezib qoldi. Loyiha DNS uzatish hududidagi urinishlarni monitoring qilish uchun yaratilgan.
Tizim KPTT — Koreya davlat pochta va telekommunikatsiya korporatsiyasi, KXDRdagi yagona 3G operatoriga tegishli ns2.kptc.kp serveriga so‘rov yubordi.
Mazkur qaydnomani yozib olish vaqtida 28 Shimoliy Koreya saytlarining ayrimlarigagina ulanish imkoni mavjud bo‘ldi. Jumladan, Kun.uz nashri mamlakatning asosiy universiteti portali (www.ryongnamsan.edu.kp) va «Koreya ovozi» (vok.rep.kp) saytlariga kira oldi.
Mavzuga oid
18:59 / 19.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan o‘yinda 10 kishi qolib, qiyin g‘alabaga erishdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024