Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya Gulenga aloqadorlikda gumon qilinganlarni ushlashga order berdi
Turkiya prokuraturasi muxolifat rahbari va diniy rahnamosi Fathulloh Gulen va uning “Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 141 kishini ushlashga ko‘rsatma berdi, deb yozmoqda Cumhuriyet gazetasi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ularni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot mamlakatning 15ta tumanida 20 sentabr erta tongdan boshlangan. Gumondorlar ro‘yxatidagilar asosan o‘qituvchi va shifokorlardan iborat.
Turkiya Milliy razvedka tashkilotining aniqlashicha, Gulen tarafdorlari ByLock mobil ilovasi yordamida o‘zaro muloqot olib borishgan. Bu ilova Android, Windows Phone va Blackberry dasturlarida ishlashga mo‘ljallangan.
Ma'lumki, 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Rasmiy Anqara uni muxolifat yetakchisi, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Fathulloh Gulen tarafdorlari uyushtirganligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025