Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada chiqindiga chiqarilgan mahsulotlar sotiladigan supermarket ochildi
Kambag‘al oilalar mahsulotlar uchun qancha istashsa, shuncha to‘lashi mumkin. Britaniyaning Lids shahrida chiqindiga chiqariladigan mahsulotlar sotiluvchi birinchi supermarket ishga tushdi. Bu haqda Independent xabar bergan.
Do‘konning tokchalarida supermarketlar yoki kompaniyalar tashlab yuborgan mahsulotlar turadi.

Do‘kon-omborxona birinchi navbatda kambag‘al oilalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu sababli odamlar o‘zlari istagan narxda mahsulot sotib olishi mumkin.
Do‘konni Real Junk Food Project tashkiloti faollari ochishgan. Kelgusida ular bu kabi supermarketlarni butun Buyuk Britaniya bo‘ylab ochishni maqsad qilishgan.





Mavzuga oid
13:37 / 03.03.2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
13:48 / 18.12.2024
Pokiston supermarketlarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
08:10 / 20.09.2024